METABOLIZM VA TEMIRNI SO`RILISHI
Temir metabolizmi bir qator jarayonlarni o’z ichiga oladi, masalan:
- Ichakda temirning so’rilishini tartibga solish;
- Temirni hujayralarga tashish;
- Temirni saqlash;
- Temirning oqsillarga kiritilishi;
- Qizil qon tanachalari parchalanganidan keyin temirning aylanishi.
Umuman olganda, temirning so’rilishi ichak darajasida nazorat qilinadi.
Temir almashinuvi jarayonida kuniga o’rtacha 1-2 mg yo’qotiladi va ovqat tufayli tiklanadi.