TEMIRNING SALOMATLIK UCHUN AHAMIYATI

Temir ko’plab oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydigan mikroelement hisoblanadi. Temirning biologik ahamiyati shundaki, u oksidlanish-tiklanilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi temirning III valentli shakli (Fe3+) va II valentli temir (Fe2+) o’rtasida elektronlarni oson almashish qobiliyatiga bog’liq.

Temir qizil qon tanachalarida (eritrositlar) gemoglobin oqsilining asosiy birikmasi bo’lib, u kislorodni tashish va tanamizning turli to’qimalariga kirishi uchun javobgar hisoblanadi. Gemoglobinsiz hujayralarni kislorod bilan to’ldirish amalga oshirilmaydi. Temir asosan qonda, shuningdek organlar va mushaklarda ham uchraydi.

Bizning tanamiz temir ishlab chiqara olmaydi va uni faqat ovqatdan oladi. Ammo, bu eng murakkab ozuqaviy moddalardan biri hisoblanadi, chunki u oziq-ovqatlar tarkibida juda ham oz miqdorda bo`ladi, bizning tanamiz esa past so’rilish samaradorligiga ega.

Tana biologik faoliyatning normal ishlashini ta’minlash uchun temir gomeostazini sog’liq uchun nojo’ya ta’sirlarsiz saqlab turishi lozim. Temirni nazorat qilish so`rilish va saqlashni tartibga solish orqali amalga oshiriladi.